Uch farzandidan ayrilgan ayolning to‘rtinchi farzandini saqlab qolish mumkin. Faqat yaxshilar ko‘magi zarur!

 

Farzand ne’mati ota-ona uchun Alloh taolodan berilgan eng bebaho in’omidir. Bolangizga zirapcha kirsa, joningizni berishga tayyorsiz. Xasta bo‘lsa-chi? Dunyo ko‘zingizga qorong‘i bo‘ladi. Hech qayerga sig‘may ketasiz. Biroq bu hayot va uning biz uchun kutilmagan sinovlari bisyor.

Xorazm viloyatidan yetib kelgan murojaat tahririyatni e’tiborsiz qoldirmadi. Bugun biz uch farzandidan ajralgan onaga yordam bermasak, oxirgi qolgan farzandi ham dunyodan ko‘z yumishi mumkin.

Keling, onaizorning o‘zidan farzandi haqida eshitaylik.

“Mening o‘g‘lim Matniyozov Elshon 2016 yil iyun oyidan onkologik kasal bilan og‘ridi. Shu paytgacha uch farzandim nobud bo‘lgan. Shu farzandimdan boshqa farzandim yo‘q va boshqa farzand ko‘ra olmayman. O‘g‘lim ikkimiz ijara uyda yashaymiz. Elshon Urganch shahar onkologiya kasalxonasida operatsiya bo‘ldi va yetti kurs ximiyaterapiya oldi. Ahvoli yaxshilanmagach, 2016 yil dekabr oyida Hindiston shaxrining Fortis kasalxonasida yana operatsiya qilindi. Doktorlar (LIMFOMA) tashxisini qo‘ygan. Biz har oy viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasida Gematologiya bo‘limida qon va qon plazma quydirib davolanamiz. O‘g‘lim kam qonlik bilan ham og‘riydi. 2017 yil noyabr oyida Sank-Peterburg shahrining onkologiya shifoxonasiga borib PET apparatiga tushib davolanib keldi. U yerdagilar har 3 oyda kelib qayta PETga tushishimizni aytdi. PET aparati O‘zbekistonda yo‘q. Biz davolanishda 4 oyga kechikdik. O‘g‘limning ahvoli og‘irlashayapti”.

Azizlar befarq bo‘lmaylik. Muborak Ramazon oyida kimning o‘zidan orttirgani bo‘lsa shu bolaning yashashi uchun xayriya qilaylik!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun:

Plastik kartochka: 8600 0201 3186 4295 (Matnazarova Sevara, onasi)

22618000213187493001 (Hisob raqami orqali)

Yoki: 8600 3329 0292 7676 (hozircha asosiy)

22618000499194672001

MFO: 00547

INN: 200900014

Onasi Matnazarova Sevaraning telefon raqami: +998914240243

10 Iyun, 2018 yil | 1202