Bosh miya o‘simtasidan aziyat chekayotgan Shahloga yordam beraylik

 

Shahlo Nishonova 1985 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Ayni paytda Buvayda tumanidagi “Shodlik” fuqarolar yig‘iniga qarashli O‘rtaqishloqda istiqomat qiladi.

U bosh miya tomirlarining anevrizmasi kasalligiga chalingan. Tomirning devori yupqalashib, sharsimon ko‘rinishda shishib qolishi anevrizma deyiladi.

Buning xavflilik jihati shundaki, normal tomirning qatlami uchtani tashkil qilsa, anevrizmada faqat uning bir qavati qoladi. Mushak va elastik qatlami yo‘q bo‘ladi. Shu sababli uning yorilib ketish ehtimoli bor va bu hayot uchun xavflidir. Eng yengil holatda ko‘z ko‘rmay qolishi, odamning falaj bo‘lib qolishi va eng yomoni – o‘limga olib kelishi mumkin.

Anevrizma ikki xil – ochiq va yopiq usullarda davolanadi. Ochiq usulda to‘g‘ridan-to‘g‘ri operatsiya qilinadi.

Ayni paytda zamonaviy tibbiyot markazlarida yopiq uslub, ya’ni tomir orqali borib davolash usulidan foydalanilmoqda. Yopiq uslub ham ikki xil ko‘rinishda amalga oshadi.

Birinchisi, agar anevrizmaning o‘lchami unchalik katta bo‘lmasa tomir orqali maxsus simcha yuboriladi. Simchalar tugunga yetib borib, u yerga joylashadi va yemirilgan devor o‘rniga qo‘shimcha devorga aylanadi. Natijada devor qalinlashadi va qon aylanishida anevrizma ishtirok etmaydi.

Katta hajmli anevrizmalarda bu uslubni qo‘llash qiyinroq. Bunday vaziyatda tomirning ichidan trubka, ya’ni yamoq qo‘yiladi. Shubilan anevrizmaning yorilib ketishi xavfi bartaraf etiladi.

Toshkentda tekshiruv o‘tkazgan vrachlar Shahlo Nishonovani Hindistonda davolash kerakligini bildirishdi va buning uchun taxminan 12 ming AQSH dollari miqdorida mablag‘ zarur.

Umid qilamizki, saxovatli musulmonlarning xayriyasi yig‘ilib, bu muslima darddan forig‘ bo‘ladi, insha Alloh.

Payme/Visa

Plastik kartochka: 8600 0304 4612 9037 (O‘zsanoatqurilishbank). Amal qilish muddati 05/23.

Visa plastik kartochka: 4231 2000 0051 1401 (Hamkorbank). Amal qilish muddati 05/21.

10 Iyun, 2018 yil | 1124