“Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari “Bahouddin Naqshband” majmuasini ziyorat qildi

“Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari I. Xalilov joriy yilning 21 fevralь kuni Buxoro viloyati Kogon tumanidagi “Bahouddin Naqshband” majmuasiga tashrif buyurib, majmuada olib borilayotgan keng ko'lamli ishlar bilan tanishdi.
Hozirgi kunda “Bahouddin Naqshband” majmuasiga tashrif buyuruvchi mahalliy ziyoratchilarga qulayliklar yaratish maqsadida “Vaqf” xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda har biri 40 kishiga mo'ljallangan 8 ta zamonaviy oshxona, 1 ta qushxona, har biri 6 erkaklar va 6 ta ayollar uchun alohida hojatxonalar hamda 16 ta do'kon hunarmandlar rastalari barpo etilmoqda.

Fond rahbari I. Xalilov “Bahouddin Naqshband” markazi Xaitov Karim Istamovich bilan uchrashib, majmuada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, qurilish va ta'mirlash ishlarini yanada takomillashtirish bo'yicha tegishli takliflarini berdi.

"Vaqf" xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati

22 Fevral, 2019 yil | 1119