Namanganga "Muruvvat karvoni" jo'nab ketdi

“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan yurtimizning barcha hududlarida o'nlab xayriya tadbirlari amalga oshirilmoqda. Ramazon oyidan keyin esa barcha viloyatlarda “Muruvvat karvoni” aktsiyasi o'tkazilishi rejalashtirildi. Ushbu aktsiyaning dastlabki bosqichi Namangan viloyatida tashkil etiladi. Aktsiya doirasida Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo'llab-quvvatlash ko'zda tutilgan.

 

Shu maqsadda, bugun, 19 iyunь kuni "Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan Namangan viloyati aholisiga ulashish rejalashtirilgan qariyb 56 million so'mlik nogironlik aravachalari, "Hilol nashr" nashriyoti tomonidan chop etilgan Kurьoni karimlar, xo'jalik mahsulotlari va kiyim-kechaklar yuk mashinasiga joylandi. Fond boshqaruv rahbari I.Xalilovning duolari bilan karvon Namangan viloyati sari yo'lga tushdi.

Alloh taolo O'zining Kalomida "Kimki bir yaxshilik qilsa, u (yaxshilikning mukofoti)ni ko'radi" ("Zalzala" surasi, 7-oyat), deya marhamat qilgan. Sahovatpesha homiylarimizning Alloh taolo rizoligi uchun qilgan har bir ehsonlarini O'zi dargohida qabuli maqbul aylasin.

 

Bu dunyodan hech qanday boyliklarimizni olib keta olmaymiz, biroq ularni o'zimizdan oldin yuborishimiz mumkinligini unutmang! Savobli amallarni ko'proq qilishga shoshiling!

 

Zero, Alloh taolo Qur'oni karimning Oli Imron surasida “Suygan narsalaringizdan ehson qilmaguningizgacha sira yaxshilikka (jannatga) erisha olmaysizlar. Nimaniki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir” (92-oyat).

 

Qilingan xayru ehsonlarni Alloh o'z dargohida qabul qilsin.

 

"Vaqf" xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati

19 Iyun, 2019 yil | 1420