“Mehr-muruvvat karvoni” Surxondaryoda

“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Surxondaryo viloyatida 2018 yil 17 noyabr kuni oʻtkazilgan “Mehr-muruvvat karvoni” nomli xayriya tadbiri tashkil etildi.

17 noyabr kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi “Osiyo” toʻyxonasida Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Surxondaryo viloyati vakilligi hodimlari va boshqa mutasaddi shaxslar bilan birgalikda “Mehr-muruvvat karvoni” nomli xayriya tadbiri oʻtkazildi. Ushbu tadbirda 100 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan va boquvchisini yoʻqotgan shaxslarga oziq-ovqat mahsulotlari, 13 nafar nogironligi bor shaxslarga nogironlik aravachasi taqdim qilindi.

Shuningdek, oʻz xizmat vazifalarini samarali oʻtab kelayotgan 108 nafar imom-xatiblarga ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan nashr ettirilgan diniy-maʼrifiy mazmundagi kitoblar va disklar taqdim qilindi.

Tadbir soʻngida ishtirokchilar qilingan ehsonlardan mamnun boʻlishib, duoi xayrlar qilishdi. Ziyofat dasturxoniga kela olmagan 2 nafar nogironligi boʻlgan fuqarolarni topib, uylariga ular uchun zarur boʻlgan nogironlik aravachalari yetkazib berildi.

Kunning ikkinchi yarmida Viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazining nevrologiya boʻlimiga 5 ta nogironlik aravachalari topshirildi. Aravachalardan imkoniyati cheklangan bolalar foydalanadilar.

17 Noyabr, 2018 yil | 1602