Ushbu loyiha maqsadi katta mablagʻ talab etiladigan tibbiy amaliyotlarga muhtoj fuqarolarga yordam berish!
Ushbu aksiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5416 son Farmoniga asosan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash vazifasi bajarilishi yuzasidan oʻtkazilmoqda.
35 yoshli Ibragimov Sunnatillo uch yilu 8 oydan buyon yoʻl-transport halokati oqibatida olgan jarohati tufayli qoʻl-oyogʻi ishlamaydi. Harakatlana olmaydi. Bosh qismida operatsiya oʻtkazib, shunt apparati va suyak qoʻyish lozimligi qayd etilgan. Navbatdagi jarrohlik amaliyoti uchun 35 million soʻm mablagʻga muhtoj. Toʻrt nafar farzandning otasi, hozirda nafasni trubka orqali tomoqdan oladi, ovqatlanishi esa zont orqali amalga oshiriladi.
To'plangan mablag' : 0 so'm