Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Navoiy viloyatida mehnati bilan hududlar obodligi va ko‘rkiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi insonlarga alohida ehtirom ko‘rsatildi.“Vaqf” xayriya jamoat fondi, Navoiy viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Navoiy viloyati vakilligi hamkorligida 360 nafar obodonlashtirish tashkiloti xodimlariga bayram tuhfalari topshirildi.✔️ Shahar va tuman tozaligi hamda obodligini ta'minlashda kechayu kunduz mehnat qilayotgan soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlagan holda Mustaqillik ayyomi arafasida xodimlarga quvonch ulashildi. Ushbu ezgu amallar jamiyatda nafaqat hamjihatlikni balki bag‘rikenglik muhitini ham yanada mustahkamlaydi.✅ Ezgu ishlar va...
⭐️ Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллигини кенг нишонлаш арафасида Ўзбекистон мусулмонлари идораси ҳузуридаги “Вақф” хайрия жамоат фонди томонидан жойларда кўплаб маърифий-хайрия тадбирлари ташкил этилиб, юртдошларимиз қалбига байрам шукуҳи ва қувонч улашилмоқда. 🎁 Хусусан, жорий йилнинг 24-25 август куни республикамизнинг барча ҳудудларида жами 2500 нафар ободонлаштириш ходимларига фонд маблағлари ва ҳомийлар ҳисобидан озиқ-овқат маҳсулотлари жамланмаси тарқатиш режалаштирилган. Бугун Жиззах, Наманган, Самарқанд, Фарғона, Хоразм ва Сурхондарё вилоятларида ана шундай тадбирлар ташкил этилиб, 600 нафардан ортиқ ободонлаштириш хизмати ходимларига озиқ-овқат жамланмалари тарқатилди. Ушбу...
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab bayram tadbirlari, ezgu tashabbuslar va xayriya aksiyalari keng quloch yoymoqda. Ana shunday savobli va xayrli tadbirlardan biri «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyat filiali tomonidan tashkil etildi.Navbatdagi xayriya tadbiri viloyatdagi «Sirpo‘sh ota» ziyoratgohida bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyatining shahar va tumanlaridagi Obodonlashtirish boshqarmalarida mehnat qilayotgan ishchi-xizmatchilarga bayram sovg‘asi sifatida oziq-ovqat jamlanmalari topshirildi.Bu shunchaki bayram sovg‘asi emas, balki yurtimiz ko‘chalari va mahallalarining obodligi, tozaligi va fayz-u tarovatini ta’minlash yo‘lida fidokorona mehnat...