O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatida ezgu xayriya tadbiri tashkil etildi.Tadbirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tavsiyasiga ko‘ra, viloyatning barcha tuman va shaharlaridan boquvchisini yo‘qotgan hamda yetim 35 nafar bolajonning sunnat to‘ylari o‘tkazildi.Bayram davomida bolajonlarga homiylar tomonidan velosiped, kostyum-shim va ko‘ylaklar sovg‘a qilindi. Dasturxonlar yozilib, turli ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etildi.Bolajonlarning quvonchi, yuzlaridagi tabassum va bayramona kayfiyat ushbu ezgu tadbirning eng go‘zal lahzalariga aylandi.Bunday xayrli tashabbuslar mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik qadriyatlarini yanada yuksaltirish,...
#hafta_dayjesti➖ Fondga murojaat qilib kelgan kam ta’minlangan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj 62 nafar fuqaroga zakot va xayriya mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam sifatida jami 256 mln. so‘m o‘tkazib berildi.➖ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PQ-196-sonli qaroriga asosan davolanishga muhtoj 156 nafar fuqaroga 3 mlrd. 86 mln. 146 ming 22 so‘m mablag‘ ajratildi.➖ PQ-67-sonli qaror bo‘yicha 199 nafar og‘ir ahvoldagi bemorning davolanishi uchun 1 mlrd. 62 mln. 35 ming. 49 so‘m sog‘liqni saqlash...
2026-yil 3-avgust kuni Toshkent shahridagi Intercontinental Tashkent Hotelning “Amudarya” konferensiyalar zalida “O‘zbekistonda vaqf tizimini rivojlantirish: imkoniyatlar va qiyinchiliklar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD), O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi hamda Islom taraqqiyot banki hamkorligida tashkil etildi.Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi O‘zbekistonda zamonaviy va samarali vaqf tizimini joriy etish bo‘yicha ishlab chiqilgan konsepsiyani taqdim etish, xalqaro tajribalarni muhokama qilish hamda sohaga oid huquqiy, institutsional va moliyaviy takliflarni manfaatdor tashkilotlar ishtirokida ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston...