Xayriya karvoni safari davom etmoqda !

Ramazon oldi xayriya karvoni yo‘lga tushdi !

     Yana sanoqli kunlardan keyin yurtimizga ham muqaddas Ramazon oyi kirib keladi. Xayr va yaxshiliklarga boy kunlar oldidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondining katta xayriya karvoni yana uzoq manzillar sari otlanmoqda. Ramazon oyida ezgu niyatlar bilan yo‘lga tushayotgan fond xodimlari bu gal Samarqand viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining chekka hududlarida istiqomat qilib kelayotgan yuzlab ehtiyojmand oilalar, yetim va miskin bolalarga xursandchilik ulashishni, ularning mushkulini oson qilishni maqsad qilishgan. 

    Bugun turli zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turli o‘yinchoqlar, Qurʼon va boshqa maʼnaviy-maʼrifiy mavzudagi kitoblar, velosiped va boshqa xayriyalar ortilgan karvon belgilangan manzil tomon yo‘lga tushdi. Yaqin vaqtlarda karvon dastlab Samarqand viloyatiga kirib boradi va hududda istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan 350 ta xonadonga ramazon hadyalarini topshiriladi. Undan keyin karvon Qoraqalpog‘iston Respublikasi tomon yo‘l olib, u yerda ham 300 tadan ortiq ehtiyojmand oilaga xayriya mahsulotlarini tarqatish ko‘zda tutilgan.

Xayriya karvoni safari davom etmoqda !
8 Mart, 2024 yil | 62