RAMAZON OYI MUNOSABATI BILAN IFTORLIK VA XAYRIYA TADBIRLARI

Mehr-muruvvat va saxovatdan koʻngillar shod boʻlmoqda

 

Qalblarga surur bagʻishlab kelgan Mohi Ramazon barchamizni bu oyda xayru sahovat ulashish va kemtik qalblarga quvonch bagʻishlashga undaydi.

Zotan, davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, bugungi muborak kunlarda xalqimizga xos olijanoblik va mehr-muruvvat ramzi sifatida nuroniylarimiz, yolgʻiz va ehtiyojmand boʻlgan opa-singillarimiz, aka-uka va farzandlarimizga eʼtibor koʻrsatish, holidan xabar olib, dardiga malham boʻlish, Yaratganga ham, xalqimizga ham, albatta, xush keladi.

Shu kunlarda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi va Vaqf xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan koʻplab xonadonlar xolidan xabar olinib, iftorlik dasturxonlari yozilmoqda.

13 Mart, 2024 yil | 156