Ehtiyojmandlarga Ramazon hadyalari

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondining Toshkent viloyati filiali homiylarni jalb qilgan holda bir qator xayr-ehson tadbirlarini amalga oshirib kelmoqda. Aynan Ramazon oyida boʻlib oʻtayotgan tadbirlar davomida kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarga koʻmak koʻrsatish, ular uchun iftorliklar tashkil etishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, kecha filial xodimlari homiylar ishtirokida viloyatning Zangiota, Chinoz, Qibray, Boʻstonliq, Bekobod, Oʻrtachirchiq, Parkent, Ohangaron tumanlari hamda Nurafshon va Yangiyoʻl shaharlarida istiqomat qilib kelayotgan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga besh xil mahsulotdan iborat 350 ta oziq-ovqat xaltalarini tarqatishdi.

Ehtiyojmandlarga Ramazon hadyalari
14 Mart, 2024 yil | 156