YURTDOSHLARIMIZ OGOHLIKKA CHAQIRILDI

“Vaqf” xayriya jamoat fondining Navoiy viloyati filiali tomonidan gapirish va eshitishda nuqsoni bor fuqarolar ishtirokida diniy-maʼrifiy mavzuda tadbir tashkil etildi. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va “Vaqf” fondi tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida missionerlar tashviqoti tufayli turli yot oqimlar, diniy sektalar taʼsiriga tushib qolayotgan, oʻz eʼtiqodidan yuz oʻgirayotgan yurtdoshlarimizning achchiq taqdiri haqida fikr yuritildi. Ishtirokchilar ogohlikka chaqirilib, puch vaʼdalarga ishonmaslik kerakligi aytib oʻtildi.

 

Shundan soʻng ishtirokchilarga homiylar koʻmagida oziq-ovqat mahsulotlari ehson qilindi.

YURTDOSHLARIMIZ OGOHLIKKA CHAQIRILDI
22 May, 2024 yil | 152