Bolajonlar “Yoshlik”da oʻynab kulishdi

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyati filiali va “Mehr-2020” fondi jamoasi hamkorligida boquvchisi yoʻq oilalarning 480 nafar farzandlari uchun “Yoshlik”  koʻngilochar dam olish maskanida katta xayriya tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda homiylar tomonidan koʻngli oʻksik bolajonlar va ularning vasiylariga avtobuslar tashkil qilinib, dam olish maskanida bir qancha attraksionlardan bepul foydalanishi yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, muzqaymoq bazmi, tabiat qoʻynida dam olishlar uyushtirilib, bolajonlarimizga unutilmas xursandchilik ulashildi. Tadbir soʻnggida homiylar tomonidan bayram dasturxoni tashkil etilib, bolajonlar mazali taomlar va salqin ichimliklar bilan mehmon qilindi.

Bolajonlar “Yoshlik”da oʻynab kulishdi
3 Iyun, 2024 yil | 94