Bolajonlarga quvonch ulashildi

"Vaqf” xayriya jamoat fondining Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali tomonidan 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Respublika bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida xayriya tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir davomida Qoraqalpogʻiston qoziyati va “Vaqf” xayriya jamoat fondi Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali xodimlari mazkur markazda davolanayotgan bemor bolajonlarga sovgʻalar topshirishdi. Bayram bahona bolajonlarning koʻnglini koʻtarib, oz boʻlsada xursandchilik ulashishdi.

Bolajonlarga quvonch ulashildi
2 Iyun, 2024 yil | 80