JIZZAXDA 63 NAFAR YETIMGA MEHR ULASHILDI

“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan homiylar koʻmagida Jizzax shahrida joylashgan “Al qasr” bazmgohida katta xayriya tadbiri tashkil etildi. Shu kuni “60 kabutar” loyihasi asosida ushbu majmuaga viloyatning turli hududlarida istiqomat qilib kelayotgan, turli sabablarga koʻra ota-onasidan ayrilgan, boquvchisi boʻlmagan, koʻchada qolgan 63 nafar bolalar jam boʻlishdi.

Bazmgohda bolajonlar uchun toʻkin dasturxon yozilib, ularga turli sovgʻalar ulashildi. Tadbir davomida bayramano kiyingan 30 nafar qiz va 33 nafar oʻgʻil bolalar tom maʼnoda oʻynab kulishdi, dillari xushnud boʻldi. Mehrga zor, dillari oʻksik bolalar haqiqiy mehrni his qilishdi.

Shuningdek, ularning orzu-istaklariga qarab, bolajonlarga 17 ta noutbuk, 2 ta skuter, 15 ta smartfon, 18 ta velosiped, turli oʻyinchoqlar, maishiy texnikalar, sifatli taʼlim olishi uchun stol-stul, printer va rasm chizadigan doska(malbet)lar, bitta ot berildi. Bolalarning har biriga 13 million soʻmdan pul mablagʻi topshirildi.

Bundan tashqari, chin yetimlarni oʻz qaramogʻiga olgan, ular tarbiyasiga masʼul boʻlgan vasiylarning 11 nafariga umra yoʻllanmalari ajratildi.

Chin yetimlarga bir olam quvonch baxsh etgan, ularga mehr-muhabbat ulashgan muruvvatli homiylarimizdan Alloh taolo rozi boʻlsin! Bu ezgu amallari uchun ularni Oʻzi ulkan ajr-savoblar bilan mukofotlasin!

JIZZAXDA 63 NAFAR YETIMGA MEHR ULASHILDI
9 Oktyabr, 2024 yil | 84