Og‘ir xastalik oqibatida kundan kunga holsizlanib, umidi so‘nib borayotgan G‘ayratjon Karimovni jamiyatimiz, mehr-oqibatli xalqimiz o‘z holiga tashlab qo‘ymadi. Unga muruvvat-himmat qo‘lini uzatdi.
«Vaqf» xayriya jamoat fondining Farg‘ona viloyati filialining shijoatli volontyorlari saxovatli xalqimiz tomonidan ehson qilingan 35 400 AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ni G‘.Karimovga topshirdilar. Bu mablag‘ bemor vatandoshimizning davolanish uchun Hindistonga borishiga va jigar transplantatsiyasi bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazishiga imkon beradi.
Duo qilaylik, do‘stlar! Hamyurtimiz sog‘ayib, Vataniga qaytsin, oilasiga bosh bo‘lsin!
G‘ayratjonning dardiga darmon bo‘layotgan, uni hayotga, jamiyatga qaytarayotgan saxovatli va muruvvatli xalqimizdan ALLOH rozi bo‘lsin!