EHTIYOJMAD YURTDOSHLARIMIZGA XURSANDCHILIK ULASHILDI

Zangiota va Yangiyo‘l tumanlarida istiqomat qilib kelayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʻminlangan 300 ta oilaning nogironligi bor vakillari uchun xayriya tadbiri tashkil etildi. 

«Vaqf» xayriya jamoat fondining Toshkent viloyati filiali tomonidan homiylarni jalb qilgan holda Zangiota tumanida joylashgan «Nurhayot» restoranida uyushtirilgan tadbir davomida yurdoshlarimiz uchun ehson dasturxoni yozilib, har bir kelgan mehmonlar qalbida esda qolarli va fayzli qilib o‘tkazildi.

Shuningdek, shu kuni viloyatning chekka hududlarida yashovchi 13 ta ehtiyojmand oilaga xayriya qilib berilgan oziq-ovqat mahsulotlari, issiq kiyim hamda uy-ro‘zg‘or buyumlari manzillariga yetkazib berildi. 

O‘zgalar parvarishiga muhtoj, ehtiyojmad yurtdoshlarimizga xursandchilik ulashgan homiylar, saxovatli tadbirkorlarimizni Alloh ulkan ajr-savoblar bilan mukofotlasin!

EHTIYOJMAD YURTDOSHLARIMIZGA XURSANDCHILIK ULASHILDI
27 Dekabr, 2025 yil | 2