Andijon viloyatida turli sabablarga ko‘ra ham otasi, ham onasidan ayrilga 50 nafar chin yetim bolalarga kirib kelayotgan yangi yil oldidan bayram tadbiri tashkil etildi. “Vaqf” xayriya jamoat fondi va Ijtimoiy himoya milliy agentligining Andijon viloyati boshqarmasi hamkorligida uyushtirilgan tadbir boshqarmaning “Imkoniyatlar olami” binosida bo‘lib o‘tdi.

Bolajonlar zalga yig‘ilgach, ularga “Vaqf” xayriya jamoat fondi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda homiylarning Yangi yil sovg‘alari topshirildi.

Shu kuni viloyatning turli hududlarida yashovchi ehtiyojmand oilalar farzandlariga ham Yangi yil sovg‘alari etkazildi.