BAYRAM SHUKUHI DAVOM ETADI

“Vaqf” xayriya jamoat fondining Jizzax viloyati filiali har xil sabablar bilan ota-onasidan judo bo‘lgan, ayni paytda yaqinlari qaramog‘ida yashayotgan chin yetim bolajonlar uchun Yangi yil arafasida kutilmagan sovg‘a hozirlashdi. 60 nafar chin yetim bolajonlar uchun bayram dasturxoni tuzalib, mazali taomlar, shirinliklar bilan mehmon qilindi.

Shuningdek, ularga bayram sovg‘alari sifatida oziq-ovqat mahsulotlari, issiq kiyimlar berilib, o‘ziga xos xursandchilik ulashildi.

 

Qalbi o‘ksik bolajonlarga shodlik ulashgan homiylar, saxovatli yurtdoshlarimizni O‘zi ulkan ajr-savoblar bilan mukofotlasin!

BAYRAM SHUKUHI DAVOM ETADI
29 Dekabr, 2025 yil | 10