250 TA EHTIYOJMAND OILAGA BAYRAM NAFASI KIRIB BORDI

Yangi yil arafasida «Vaqf» xayriya jamoat fondining Samarqand filiali tomonidan homiylar va viloyat “Inson” ijtimoiy markazi bilan hamkorlikda chekka hududlarda yashovchi ijtimoiy ahvoli og‘ir, nochor oilalar, boquvchisi vafot etgan oila farzandlari uchun xayriya tadbirlari o‘tkazildi. Bunda 50 ta ehtiyojmand oilaga birlamchi oziq-ovat mahsulotlari hamda shirinliklar to‘plami xayriya sifatida berildi.

Filialning shahar va tumanlaridagi volontyorlari ishtirokida ham xayriya tadbirlari o‘tkazildi. Xususan, Samarqand shahrida “Mehr-2020” jamoasi bilan hamkorlikda boquvchisidan ayrilgan 150 ta oilaga, Urgut tumanida 45 ta ijtimoiy ahvoli og‘ir, bemorlari bor oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechaklar, o‘yinchoqlar ehson qilindi.

Xuddi shunday tadbir Kattaqo‘rg‘on shahri volontyorlari tomonidan ham tashkil etildi. Homiylar jalb qilinib, tumandagi 50 dan ortiq kam taʻminlangan, boquvchisi vafot etgan va bemorlari bor oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar va boshqa zaruriy buyumlardan iborat xayriyalar qilinib, duolari olindi.

 

Ehtiyojmand oilalar, ota-onasidan ayrilgan bolalajonlarga mehr ulashgan, ularga bayram nafasini baxsh etgan homiylar, volontyorlar, saxovatli yurtdoshlarimizdan Alloh rozi bo‘lsin!

250 TA EHTIYOJMAND OILAGA BAYRAM NAFASI KIRIB BORDI
30 Dekabr, 2025 yil | 10