«Vaqf» xayriya jamoat fondining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xayriya tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirga Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi 50 nafar chin yetim bolajonlar taklif etildi. Nukus shahrida joylashgan «Sulton saroy» to‘yxonasida bo‘lib o‘tgan shodiyona davomida bolajonlar uchun to‘kin dasturxon tuzalib, shirinlik va mevalar bilan siylandi.
Shuningdek, bolalarga oziq-ovqat mahsulotlari, shirinliklar, o‘yinchoqlar hamda boshqa sovg‘alar topshirildi. Tadbir davomida bolalar sho‘x qo‘shiqlarga ertak qahramonlari bilan raqsga tushib, miriqib o‘ynab kulishdi. Xayriya tadbiri ko‘tarinki va samimiy muhitda o‘tdi.