Vaqf fondi nogironligi bo‘lgan shaxslarga yordam ko‘rsatdi

“Vaqf” xayriya jamoat fondi nogironligi bo‘lgan 3 kishiga nogironlik aravachasi olib berdi.

O‘zbekiston nogironlar jamiyati Toshkent viloyati Toshkent tuman hududiy bo‘linmasi raisi F. Nuriddinov “Vaqf” xayriya jamoat fondiga nogironligi bo‘lgan shaxslarning holatlarni ma’lum qilgandan so‘ng, fond ularga kerakli yordamni ko‘rsatdi. Aravachalar so‘ralgan joylarga yetkazildi.

Nogironlar jamiyatining Toshkent tuman hududiy bo‘linmasi raisi F. Nuriddinov fond rahbariga buning uchun alohida tashakkur izhor qildi.

Eslatib o‘tamiz, “Vaqf” xayriya jamoat fondi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416-son Farmoni bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib u o‘z oldiga masjidlar va diniy ta’lim muassasalarining binolarini qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va o‘quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash kabi bir qator ishlarni maqsad qilib qo‘ygan.

16 Avgust, 2018 yil | 5644