- Ismlari: Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdul muttalib ibn Hoshim ibn Abdu manof;
- Qabilalari: Qurashiy Hoshimiy;
- Kuniyalari: Abulqosim;
- Onalari: Omina bint Vahb;
- Emizgan onalari: Halima As-Saʼdiyya;
- Tug‘ilgan yillari: 12 rabiʼul avval, hijratdan 53 yil avval/ 22-aprel 571-yil, Makkai mukarrama;
- Vafot etgan yillari: 12 rabiʼul avval, hijratning 11 yili/ 632-yil, iyul, Madinai munavvara;
- Payg‘ambarlik kelgan vaqti: 17 Ramazon, hijratdan 13 yil avval/ 610-yil, avgust, Hiro g‘ori, Makkai mukarrama;
- Ismlari: Muhammad, Ahmad, al-Hoshir, al-Mohiy, al-Oqib, al-Muqaffiy, Nabiyyuttavba, Nabiyyurrahma;
- O‘g‘il farzandlari: Al-Qosim, Abdulloh, Ibrohim;
- Qiz farzandlari: Zaynab, Ruqayya, Ummu Kulsum, Fotima;
- G‘azotlari: 37 ta, shulardan 9ta g‘azotda urush bo‘lgan;
- Haj va umralari: bir marta haj va to‘rt marta umra qilganlar;
- Umrlari: 63 yil umr ko‘rib, 40 yil pag‘ambarlikkacha, 23 yil payg‘ambarlikdan so‘ng. Payg‘ambarlik davrining 13 yili Makkada, 10 yili Madinada kechgan;
- Ayollari: 1. Xadicha bint Xuvaylid, 2. Oisha bint Abu Bakr, 3. Zaynab bint Jahsh, 4. Ummu Habiyba Ramla bint Abu Sufyon, 5. Safiyya bint Huyay ibn Axtab, 6. Savda bint Zamʼa, 7. Hafsa bint Umar ibnul Xattob, 8. Ummu Salama Hind bint Abu Umayya, 9. Juvayriya bintul Horis, 10. Maymuna bintul Horis, 11. Zaynab bint Xuzayma (raziyallohu anhunna).
- Cho‘rilari: 1. Mariya al-qibtiyya – Ibrohim o‘g‘illarining onasi, 2. Rayhona bint Zayd al-quraziyya.
- Mo‘jizalari: Eng mashhurlari:
1. Qurʼoni karim,
2. Sunnati nabaviyya,
3. Oyning ikkiga bo‘linishi,
4. G‘aybdan xabar berishlari,
5. Barmoqlari orasidan suv chiqishi,
6. Jonli va jonsiz narsalarning U zotga gapirishlari,
7. Kasallarni tuzatishlari.
Allohumma solli va sallim va barik ala sayyidina Muhammad!