SIZ BIZGA KERAKSIZ

SIZ BIZGA KERAKSIZ

 

“Vaqf” xayriya jamoat fondining Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali tomonidan eshitish va gapirishda nuqsoni bor boʻlgan fuqoralar ishtirokida “Siz bizga keraksiz” shiori ostida xayriya tadbiri oʻtkazildi.

 

Tadbir davomida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi M.Abubakirova hamda Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyoti qozisi B. Razov “Missionerlikdan ogoh” boʻling mavzusida maʼruzalar qilishdi. Ishtirokchilarga missionerlarning aldoviga uchib, oʻz eʼtiqodidan kechganlarning achchiq qismati aks etgan videorolik namoyish etildi.

 

Tadbir soʻngida tadbirda qatnashgan 130 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari ehson qilindi.

16 Май, 2024 йил | 81