Sovuq kunlarda oilalarga iliqlik ulashildi

Ayni hozirgi qish faslining qahraton kunlarida moddiy va ma’naviy ko‘makka muhtoj insonlarga ko‘rsatilayotgan yordam har qachongidan ham muhimdir. “Vaqf” xayriya jamoat fondining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali mutasaddilari buni yaxshi anglagan holda, sovuq kunlarda kam taminlangan, boquvchisi yo‘q, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olishni hayotiy zarurat deb bilishdi. Yaqinda filial xodimlari va homiylar tomonidan xayriya tadbiri tashkil etilib, 10 ta oilaga turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlari va qishki kiyim-kechaklar topshirildi.

Sovuq kunlarda oilalarga iliqlik ulashildi
13 Dekabr, 2023 yil | 83