Vazifalari

fuqarolarning diniy, ma’naviy va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash;

masjidlar va diniy ta’lim muassasalarining binolarini qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;

tarixiy-me’moriy ahamiyatga ega ziyoratgohlarni saqlash, ta’mirlash, obodonlashtirish, foydalanish, faoliyatini tartibga solish hamda ularning infratuzilmasini yanada rivojlantirish;

diniy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish, ularning professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va o‘quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;

masjidlar va ziyoratgohlar xodimlarini, xususan imom-xatiblar, imom noiblari, mutavallilar, muazzinlarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;

islom ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz, zamonamizning yetuk olim va ulamolari qalamiga mansub diniy-ma’rifiy asarlarni chop etish va aholiga yetkazishga ko‘maklashish;

vaqf, zakot (fitr, ushr) va xayriya mulklariga ega bo‘lish va ularni belgilangan tartibda diniy – ma’rifiy va ijtimoiy maqsadlarga muvofiq tasarruf etish;

yurtimizdagi muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarning musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirish, bu maskanlarga mahalliy va xorijiy fuqarolarning ziyoratlarini uyushtirish, ziyoratchilar uchun zarur sharoitlar yaratish hamda ziyorat bilan bog‘liq rasm-rusmlar o‘tkazishga ko‘maklashish;

aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash;

jamoat fondiga kelib tushadigan turli xildagi tushumlarning kelib tushish va sarflanishi bo‘yicha alohida hisobini olib borish maqsadida vaqf, zakot (fitr, ushr) va xayriya mablag‘lariga alohida-alohida hisob raqamlar tashkil qilish, shuningdek, ushbu hisob raqamlardagi mablag‘larni o‘z maqsadiga muvofiq sarflanishini ta’minlashdan iborat.