Xayriya karvoni Xorazm viloyatida

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida bir qator xayriya tadbirlarini oʻtkazib kelmoqda. Maʼlumki, bu kabi tadbirlar 2023 yilning so‘nggi oylarida Fargʻona, Jizzax va Andijon viloyatlarida ko‘tarinki ruhda tashkil etilib, koʻplab ehtiyojmand oilalarga shodlik ulashildi. Kam taʼminlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, koʻmir, kitoblar, maishiy texnikalar, turli oʻyinchoqlardan iborat xayriyalar tarqatildi.

Endi navbat Xorazm viloyatiga keldi. Biroz muddat oldin homiylar va fond tomonidan yig‘ilgan turli zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari, qishki kiyim-kechak, koʻmir, turli oʻyinchoqlar, kitoblar, velosiped, katta va kichik maishiy texnika va boshqa xayriyalardan iborat karvon Xorazm viloyatiga yetib borgandi. Bugundan ularni o‘z egalariga topshirish boshlandi. Bu jarayonda ezgulik elchilari viloyatning chekka hududlarida istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan, ijtimoiy va moddiy yordamga muhtoj boʻlgan 300 tadan ortiq xonadonga kirib borishadi.

Xayriya karvoni Xorazm viloyatida
13 Yanvar, 2024 yil | 207