Mehr-muruvvat, xayru saxovat oyi boʻlgan Ramazonda kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, ularning mushkulini oson qilish, ijtimoiy va moddiy yordam koʻrsatish yanada keng tus olmoqda. Xususan, kecha “Vaqf” xayriya jamoat fondi vakillari Toshkent shahrining Uchtepa tumani “Katta Choʻponota” mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi bir nechta ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat ramazon hadyalarini topshirishdi. Homiylarning ramazon oyidagi bu saxovati koʻplab kam taʼminlangan oilalarni xursand qilib, koʻngillarni xushnud etdi.