EHTIYOJMAND OILALARGA RAMAZON HADYALARI KIRIB BORDI

Muqaddas Ramazon oyida kam taʼminlangan, moddiy va maʼnaviy yordamga muhtoj oilalarni har jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularga koʻmak koʻrsatish savobli amallardandir. Ehtiyojmand bir miskinning mushkulini oson qilish, ogʻirini yengillatish kabi bu oyda qilingan yaxshiliklar javobsiz qolmasligi ulomalarimiz tomonidan koʻp taʼkidlanadi.

“Vaqf” xayriya jamoat fondining Xorazm viloyati filiali vakillari hududdagi homiylar yordamida Ramazony oyi boshlangandan buyon bu kabi koʻplab savobli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Koʻplab ehtiyojmand aholi vakillariga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilib, yuzlab kam taʼminlanganlar uchun iftorlik dasturxonlari yozilmoqda. Kecha ham xayr-ehson tadbirlari davom ettirilib, 10 ta kam taʼminlangan xonadonga 1 mln. 500 ming soʻmlik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

EHTIYOJMAND OILALARGA RAMAZON HADYALARI KIRIB BORDI
19 Mart, 2024 yil | 179