“OZODA”DA IFTORLIK DASTURXONI YOZILDI

“Vaqf” xayriya jamoat fondining Sirdaryo filiali tomonidan homiylar, saxovatli tadbirkorlarni jalb qilgan holda Guliston tumanidagi mahallalarda yashovchi 80 nafar kam taʼminlangan, nogiron, boquvchisi yoʻq aholi vakillari uchun iftorlik dasturxoni yozildi.

Guliston tumani markazida joylashgan “Ozoda” toʻyxonasida boʻlib oʻtgan iftorlik tadbirida Din masalalari boʻyicha tuman hokimi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning tuman vakili, tuman nuroniy jamgʻarmasi  raisi va Guliston tumani bosh imom xatibi qatnashdi.

Iftorlik soʻnggida ishtirokchilarning har biriga hurmo ulashildi.

“OZODA”DA IFTORLIK DASTURXONI YOZILDI
19 Mart, 2024 yil | 126