Mehr va muruvvat oyi boʻlgan Ramazon oyida Qatar davlati tomonidan mamlakatimizga 350 ta oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat boʻlgan xayr-ehson qutilari ajratildi.
Ramazon oyida kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash, ularga koʻmak koʻrsatish maqsadida amalga oshirilgan mazkur tadbirda Qatar davlatining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Hasan ibn Hamza Hoshim, elchi oʻrinbosari Xolid ibn al Malkiy al Jihaniy, “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruv rahbari Isoxon Abdullayev va fondning xalqaro aloqalarni rivojlantirish boʻyicha mutaxassisi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.
Qatar vakillari bu ishlardan koʻzlangan maqsad, yordamga muhtoj, ehtiyojmand oilalarga xursandchilik ulashish, ularga bayram nafasini berishdan iborat ekanligini bildirdi.