YOLGʻON VAʼDALARGA UCHMANG

Yaqinda “Vaqf” xayriya jamoat fondining Surxondaryo viloyati filiali tomonidan gapirish va eshitishda nuqsoni bor bir guruh yurtdoshlarimiz ishtirokida diniy-maʼrifiy mavzuda tadbir tashkil etildi. Soʻnggi vaqtlarda bilib-bilmay missionerlar aldoviga uchib, eʼtiqoddan voz kechayotganlarni toʻgʻri yoʻlga solish maqsadida oʻtkazilgan tadbirda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va viloyat vakilligining mutaxassislari, filial xodimlari ishtirok etishdi. Yigʻilganlarga Islom dinining mohiyati, missionerlarning asl maqsadi haqida batafsil maʼlumot berib oʻtilib, mavzu yuzasidan videomaterillar namoyish etildi.

 

Shundan soʻng yurtdoshlarimizga oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qilindi.

YOLGʻON VAʼDALARGA UCHMANG
28 May, 2024 yil | 117