“Vaqf” xayriya jamoat fondining Jizzax viloyati filiali tomonidan kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarga doimiy ravishda moddiy va maʼnaviy koʻmak koʻrsatib kelinmoqda. Xususan, yaqinda filial xodimlari Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj 20 ta oilaning xonadoniga borishib, ularning yashash sharoitlari bilan tanishishdi. Ularning muammolarini oʻrganishdi. Saxovatpesha homiylarni jalb qilgan holda mazkur ehtiyojmand oilalarga 10 million soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qilindi.
Oʻksik qalblarning dilini shod qilgan, kam boʻlsada moddiy ehtiyojini qondirgan himmatli va joʻmard homiylarni Alloh ulkan ajr-savoblar bilan mukofotlasin.