Jazoir davlatining Oʻzbekistondagi elchisi “Vaqf” fondiga tashrif buyurdi

Jazoirning Oʻzbekistondagi elchisi Muhammad Irqiy “Vaqf” xayriya jamoat fondiga tashrif buyurib, fondning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Fond boshqaruvi rahbarining oʻrinbosari Jahongir Salamov bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv davomida ikki musulmon davlat oʻrtasidagi aloqalar soʻnggi yillarda rivojlanib borayotgani taʼkidlab oʻtildi.

Elchi janoblari fondning maqsad va vaziflari, xayriya va zakot ishlarining qay tartibda yoʻlga qoʻyilgani, xayriya mablagʻlarining qanday sarflanishiga qiziqish bildirdi. Oʻzbekistondagi vaqf ishlari deyarli Jazoirdagi kabi bir xil yoʻlga qoʻyilganini qayd etib, bu yoʻnalishda hamkorlikning rivojlanishidan umidvor ekanligini taʼkidladi.

Jazoir davlatining Oʻzbekistondagi elchisi “Vaqf” fondiga tashrif buyurdi
15 Avgust, 2024 yil | 83