MURUVVATLI HOMIYLARDAN ALLOH ROZI BOʻLSIN

“Vaqf” xayriya jamoat fondining Toshkent shahar filiali tomonidan homiylarni jalb qilgan holda yurtimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Chilonzor tumanida joylashgan “Oqshom” bazmgohida 250 nafar nogiron, ehtiyojmand aholi vakillari uchun bayram dasturxoni yozildi.

 Xayriya tadbiri avvalida Qurʼon oyatlari tilovat qilinib, yurtimiz, xalqimiz va homiylar xaqqiga duoi xayrlar qilindi. Shundan soʻng mehmonlarga fondning Toshkent shahar filiali tomonidan hadyalar ulashildi. Ehtiyojmand oilalar farzandlariga maktab oʻquv qurollari va sumkalar berildi.

 Joʻmard va muruvvatli homiylardan Alloh rozi boʻlsin!

MURUVVATLI HOMIYLARDAN ALLOH ROZI BOʻLSIN
30 Avgust, 2024 yil | 28