Ramazon oyi munosabati bilan Namangan shahridagi “Royal” tantanalar majmuasida iftorlik dasturxoni tashkil qilindi.
“Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi” shiori ostida tashkil etilgan xayriya tadbirida Namangan viloyati hokimligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondi viloyat filiali rahbarlari ishtirok etdi. Xayriya tadbirida Namangan shahri, Yangi Namangan va Davlatabod tumanlarida istiqomat qiluvchi nogiron, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqorolarga muruvvat ko‘rsatilib, iftorlik dasturxoni yozildi, ramazon tuhfalari tarqatildi.
Duoga qo‘l ochgan yurtdoshlarimiz yurtga tinchlik-omonlik so‘radilar.
Ramazon oyida ehson qilishga ulgurib qoling va ajru savoblaringizni ikki hissa ko‘paytiring.