XAYRIYA MAHSULOTLARI O‘Z EGALARIGA YETKAZILDI

Mehr-muruvvat va saxovat oyi bo‘lgan Ramazonda ko‘plab yurtdoshlarimiz qatori bir qator musulmon davlatlari, Xalqaro tashkilotlari ham mamlakatimizda umrguzaronlik qilayotgan kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarga xayr-ehsonlar ajratib, ko‘pchilikning duosini olmoqda.

Xususan, yaqinda Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tomonidan “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 1500 dona oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat bo‘lgan qutilar topshirildi. Bu jarayonda TIKAning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Ali Riza Tezchan, “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruvi rahbari vazifasini bajaruvchi Jahongir Salamov va fondning xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassisi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

– TIKA O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi bilan bir necha yillardan buyon hamkorlik qilib keladi, – deydi Ali Riza Tezchan. – Bu yil ham an’anani davom ettirib, Ramazon oyida ko‘plab ehtiyojmand oilalarga imkon darajasida yordam berishni maqsad qilganmiz. Alloh nasib qilsa, fond bilan amalga oshirayotgan bugungi ishlarimizdan ham yordamga muhtoj, nogiron, kam ta’minlangan ko‘plab oilalar xursand bo‘ladi.

O‘tgan qisqa vaqt davomida bu xayriya yuklari manzillarga, respublikamizning chekka hududlarida yashovchi ehtiyojmand oilalarga yetkazildi.

XAYRIYA MAHSULOTLARI O‘Z EGALARIGA YETKAZILDI
14 Mart, 2025 yil | 11