Vaqf xayriya jamoat fondi bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Bugun, 8 iyun kuni O‘zbekiston milliy matbuot markazida “Vaqf” xayriya jamoat fondining tashkil etilganligi munosabati bilan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda Din Ishlari bo‘yicha qo‘mita rais o‘rinbosari Nuriymon Abdulhasan, “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruv raisi Jaloliddin Hamroqulov ishtirok etib, jurnalistlar bilan suhbat olib bordi.

Anjumanda fondning tashkil etilishidan maqsad, oldinga qo‘yilgan vazifalar, kelajakdagi rejalar xususida fikr almashildi. Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

8 Iyun