Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKA dunyo bo‘ylab turli mamlakatlarga o‘z dasturxonini yozmoqda. Mihtojlarga yordam qo‘lini cho‘zmoqda. TIKA tashrif buyurgan navbatdagi davlat Jibuti bo‘ldi.
Agentlik bergan bayonotga ko‘ra, agentlik Jibuti poytaxti Jibuti shahrida shahar hokimiyati bilan hamkorlikda iftorlik tashkil qilgan. Unga 750 nafar mahalliy aholi vakilllari qatnashgan. Iftorga Turkiya elchisi Sa’diy Oltino‘k, TIKA va Jibuti vakillari qatnashgan.
Iftordan keyin 200 nafar bolaga sovg‘alar ulashilgan.
Shuningdek, poytaxtdagi 5 ming 600 nafar kishiga oziq-ovqat yordami tarqatilgan.