O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘istondagi xalqaro seminarda ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi

Joriy yilning 1 iyul kuni O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro seminarda ishtirok etish uchun Qozog‘istonning Almati shahriga jo‘nab ketdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining UNFPA jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan seminar 2019 yilning 2-4 iyul kunlari Almati shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlarida ayollar haq-huquqlarini himoya qilish va oilani mustahkamlash sohasida diniy yetakchilar bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro o‘quv-seminar bo‘lib o‘tadi.

 

vaqf.uz

Seminar maqsadi - diniy idoralar xodimlari o‘rtasida tajriba almashish va gender tenglikni ta’minlash masalalarida diniy tashkilotlar hamda diniy yetakchilarning salohiyatini oshirishdir.

Xalqaro seminarda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasidan 5 nafar vakil ishtirok etadi. Xalqaro seminardagi jarayonlarni saytimizda yoritib boramiz.

 

"Vaqf" xayriya jamoat fondi matbuot xizmati

2 Iyul, 2019 yil | 1252