Turk energiya kompaniyasi Gambiyada oziq-ovqat yordami ko‘rsatadi

 

Turkiyaning “Karpovership” shirkati Gambiyada o‘nlab muhtoj oilalarga 200 xalta guruch va 200 xalta shakar tarqatdi.
Xaltalar 50 kilogramm (110 funt) guruch va 25 kilogramm (funt) shakarni o‘z ichiga olgan, deyiladi “Anado‘lu” tarqatgan xabarda.

“Karpovership” energiya kompaniyasi tahminan uch hafta ilgari Gambiyaning energetika kompaniyasiga elektr quvvatini 36 megavattgacha yetkazib berishni boshlagan.

Kompaniyaning loyiha menejeri Yankuba Mamburay turli iste’molchilarga oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi va "Biz faoliyat ko‘rsatadigan jamoalarning rivojlantirish orqali sadoqatimizni namoyon qilamiz” dedi.

Bundan tashqari, xayr-ehson qiluvchilarning bir qismi Qur’on o‘qish markazlari kabi turli xil maktab-internatlar bo‘lishdi.

Shuningdek, Mamburay energetika kompaniyasi shuningdek mamlakatdagi baliqchilik sohasi va maktablarga yordamni kengaytirish borasida ham ish olib borayotganini ta’kidladi.

1 Iyun, 2018 yil | 1618