Fond tomonidan Samarqandda xayriya tadbirlari tashkil etildi

Bugungi kunda "Vaqf" xayriya jamoat fondining hududiy filiallari tomonidan ko‘plab xayriya tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu tadbirlar natijasida aholining holidan xabar olish, ularning muammolari bilan tanishish va ularga yechim topishda ko‘maklashish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Aholi bilan muloqotning doimiy ravishda yo‘lga qo‘yilganligi Fondning insonlar hayotiga tobora yaqinlashib borayotganidan darak beradi.

 

Joriy yilning sentyabr oyi so‘nggida Fondning Samarqand viloyat filiali, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi hamda Imom Buxoriy jome masjidi tomonidan Xo‘ja Ismoil MFYda istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, oilasida nogironi bor bo‘lgan va og‘ir kasallikka chalingan oilalar holidan xabar olindi.

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

Ushbu oilalarga homiylar ko‘magida harid qilingan 3 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.

 

Mahalla faollari Fond rahbariyatiga ko‘rsatilgan ko‘mak va qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildirib o‘tdilar.

 

vaqf.uz

 

Alloh azza va jalla O‘zining Kalomida ehson qiluvchilarga va’da beradi: “Albatta, Alloh bir zarra miqdorida (ham birovga) zulm qilmagay, Agar (o‘sha miqdorda) yaxshilik bo‘lsa, uni (bir necha barobar) ko‘paytirur va O‘z huzuridan ulug‘ mukofot (jannat) ato etur” (Niso surasi, 40-oyat).

 

Alloh taolo barchalarimizni yaqinlarga, muhtoj kishilarga yaxshilik qilishda peshqadamlardan bo‘lishimizni, beradigan xayr-ehsonlarimizni ixlos va chin dildan qiluvchi sahovatli insonlar safidan joy olishimizni nasib aylasin.

 

"Vaqf" xayriya jamoat fondi matbuot xizmati

21 Oktyabr, 2019 yil | 1124