Vaqf xayriya jamoat fondi bir oy ichida 231 mln so‘m mablag‘ni o‘z egalariga yetkazdi

Vaqf xayriya jamoat fondi iyun oyida jami bo‘lib 231 838 600 so‘m zakot va xayriya mablag‘larini shariatda ko‘rsatilgan o‘rinlarga yetkazdi.

Mablag‘lar muhtoj, bemor, uysiz, qarovchisi yo‘q yoshi ulug‘larga, ko‘zi ojizlar va nogironlar jamiyatiga naqd pul yoki plastik karta orqali berildi.

Eslatib o‘tamiz, “Vaqf” xayriya jamoat fondi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416-son Farmoni bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib u o‘z oldiga masjidlar va diniy ta’lim muassasalarining binolarini qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va o‘quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash kabi bir qator ishlarni maqsad qilib qo‘ygan.

5 Iyul, 2018 yil | 1839