MASJID VA MADRASALAR UCHUN KITOB YIG‘ISH XAYRIYA AKSIYASIDA FAOL QATNASHING!



Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan xufyona va oshkora ehson qilsinlar!” (Ibrohim surasi, 31-oyat)

Vaqf xayriya jamoat fondi keng ko‘lamli xayriya aksiyasi boshlaganini ma’lum qiladi. Aksiyaga ko‘ra, O‘zbekistondagi barcha masjidlarga Qur’oni karim va Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub diniy-ma’rifiy kitoblar yetkazib beriladi.

Undan tashqari tushgan mablag‘ evaziga O‘zbekistondagi barcha masjidlarda namozxonlarga qulaylik yaratish maqsadida bepul onlayn kutubxona tashkil etish ham rejalashtirilgan.

Aksiyada pul o‘tkazish yoki kitob berish orqali qatnashish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yig‘ilgan pul va kitoblar Alloh yo‘lida vaqf qilinadi. Har kuni yig‘ilgan mablag‘ haqida ma’lumot berib boriladi.

Islom quvvati, vatan ravnaqi, xalq manfaati uchun birgalikda harakat qilaylik!

So‘mda pul o‘tkazish uchun plastik raqami (istalgan miqdorda, cheklovlar yo‘q):

8600 3104 5763 1232 (Bakiyev Hakim nomida)

Vaqf xayriya jamoat fondi ushbu loyihada kitob yig‘ish uchun viloyatlardan ko‘ngillilarni hamkorlikka chorlaydi!

Murojaat uchun telefon: (71) 150 64 36

7 Iyul, 2018 yil | 1793