Vaqf xayriya jamoat fondi hafta davomida (9-16 iyul) umumiy hisobda 97 666 000 so‘mlik zakot, xayriya va vaqf mablag‘larini shariatda ko‘rsatilgan o‘rinlarga yetkazdi.
Jumladan, 67 666 000 so‘m 48 ta muhtoj, bemor, uysiz, qarovchisi yo‘q yoshi ulug‘larga zakot va xayriya hisob raqamlaridan plastik kartalarga o‘tkazib berildi. “Masjid va madrasalar uchun kitob aksiyasi” doirasida Sirdaryo viloyatining Boyovut tumaniga va Farg‘ona viloyatining Quva va Rishton tumanlariga 30 mln so‘mlik kitob xarid qilindi.
Undan tashqari xayr-saxovatli yurtdoshlarimiz 10 mln so‘mlik kitobni vaqf mulki qilib topshirdilar.
Eslatib o‘tamiz, “Vaqf” xayriya jamoat fondi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416-son Farmoni bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib u o‘z oldiga masjidlar va diniy ta’lim muassasalarining binolarini qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va o‘quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash kabi bir qator ishlarni maqsad qilib qo‘ygan.