Mazkur vazifadan kelib chiqqan holda fond tomonidan yurtimiz bo'ylab ko'plab xayriya tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan joriy yilning 10-11 oktyabr sanasida Vaqf fondi homiyligida Toshkent viloyatining Chirchiq hamda Olmaliq shaharlaridagi markaziy masjidlarda, eshitish va gapirishda nuqsoni bor bo’lgan 100 nafardan, jami 200 nafar hamyurtlarimiz uchun xayriya tadbiri o’tkazildi.