“Siz bizga keraksiz!” tadbiri Qashqadaryoda

“Vaqf” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati hududiy filiali tomonidan “Siz bizga keraksiz!” shiori ostida eshitish va gapirish imkoniyati cheklanganlar va muxtoj oilalar uchun xayriya tadbiri o'tkazildi.

Tadbir davomida 120 nafardan ortiq gapirish va eshitish imkoniyati cheklangan hamyurtlarimiz uchun osh dasturxoni yozildi. Ularning har biriga oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qilindi.

 

“Siz bizga keraksiz!” tadbiri Qashqadaryoda
23 Oktyabr, 2022 yil | 258