Namanganda ko’ngli yarim hamyurtlarimiz uchun xayriya tadbiri o’tkazildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda “Vaqf” fondi hamkorligida, fondning Namangan viloyati filiali tomonidan eshitish va so‘zlashishda imkoniyati cheklangan fuqarolar orasida missionerlik holatlarini oldini olish maqsadida “Siz bizga keraksiz” shiori ostida xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi M.Abubakirova, viloyati bosh imomi va “Vaqf” xayriya jamoat fondi viloyati filiali xodimlari, 150 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolar ishtirok etdi.

Tadbir davomida imkoniyati cheklangan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qilindi va osh dasturxoni yozildi.

Namanganda ko’ngli yarim hamyurtlarimiz uchun xayriya tadbiri o’tkazildi
16 Noyabr, 2022 yil | 224