Ushbu aksiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5416 son Farmoniga asosan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash vazifasi bajarilishi yuzasidan oʻtkazilmoqda. Ushbu aksiya doirasida Alloh yoʻlida xizmatda boʻlgan imom domlamizning oʻgʻliga koʻmak beraylik. Oʻgʻillari Muhammadamin 2007-yilda tugʻilgan, 1-guruh nogironi. IV bosqich skolioz tashxisi qoʻyilgan. Toʻrt bosqichli operatsiya amaliyoti oʻtkazilgan. Hozirda toʻlaqonli hayot kechirishi uchun Muhammadamin korset moslamasiga muhtoj.
To'plangan mablag' : 0 so'm