Mehrli insonlar
Manzili : 100002, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy ko'chasi, 47-uy.
Bog'lanish uchun : Aksiya uchun masʼul: Zohid To'rayev. Tel: +998-90-939-08-09
Xayriya yo'nalishi maqsadi :

                                 ﷽

Loyihaga koʻra aholining yordamga muhtoj nogironlar, yolgʻiz keksalar, boquvchisini yoʻqotgan fuqarolar hamda kam taʼminlangan oilalarni topib ularning roʻzgʻorlaridagi kamchiliklariga doimiy ravishda yordam koʻrsatishni tashkillashtirish belgilangan.

Siz oziq-ovqat mahsulotlari va pul mablagʻlarini fond orqali aynan roʻzgʻori yordamga muhtoj oilalarga ehson qilish imkoniyatiga egasiz!

Zero: Alloh taolo Qurʼoni Karimning "Oli Imron" surasida shunday marhamat qiladi:

                         لَنْ تَنَالُوا الْبِرَّ حَتَّى تُنْفِقُوا مِمَّا تُحِبُّونَ وَمَا تُنْفِقُوا مِنْ شَيْءٍ فَإِنَّ اللَّهَ بِهِ عَلِيمٌ

Suygan narsalaringizdan ehson qilmaguningizgacha sira yaxshilikka (jannatga) erisha olmaysizlar. Nimaniki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir”. (92-oyat).

To'plangan mablag' : 0.00 so'm


Ushbu Xayriya yo'nalishi yakunlangan !

7 Yanvar